The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Elabuga instituti vakillari bilan virtual uchrashuv

Joriy yilning 5 avgust kuni Oʼzbekiston Milliy universiteti va Qozon Federal universiteti (Rossiya) Yelabuga instituti vakillari bilan virtual uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda filologiya va tillarni oʼqitish yoʼnalishida malakali pedagoglarni tayyorlash boʼyicha hamkorlik qilish, talabalar akademik almashinuv yoʼlga qoʼyish hamda taʼlimiy va madaniy amaliyotni yoʼlga qoʼyish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida filologlar bilan kelgusi uchrashuvda hamkorlik yoʼnalishlarini aniqlab olishga kelishib olindi.
OʼzMU Аxborot xizmati