The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Italiya oliygohlari bilan hamkorlik kengaymoqda


Bugun, 5 mart kuni, O‘zbekiston Milliy universiteti va Italiyaning Tussia univeristeti o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatov, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, Magistratura bo‘limi boshligi Majidov Nurali, Taʼlimning kredit tizmini tashkil etish boshqarma boshlig‘i Jasur Karimovlar ishtirok etishdi.

Suhbat davomida 2024-2025 o‘quv yilida Italiyaning Tussia universiteti bilan qo‘shma taʼlim dasturini ochishga doir masalalar muhokama etildi. Xususan, taʼlim fanlari mutanosibligi va talabalarni saralab olish jarayoni, shuningdek Aprel oyida tashrif buyurishi kutilayotgan delegatsiya vakillari bilan o‘zaro anglashuv memorandumi hamda qo‘shma taʼlim shartnomasini imzolash to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Bundan tashqari Italiyaning Top 300 talik ro‘yxatidagi oliygohlari, yaʼni Piza hamda Milan universitetlari ham O‘zbekiston Milliy universitetiga qiziqish bildirayotganligi aytib o‘tildi.

Uchrashuv so‘nggida, mart oyining ikkinchi yarimida o‘tkazilishi kutilayotgan onlayn suhbat davomida O‘zbekiston Milliy universiteti Italiyaning Piza hamda Milan universitetlarini o‘rganib chiqqan holda mazkur oliy taʼlim muassasasi bilan qaysi fan yo‘nalishlarda hamkorlik qilmoqchi ekanligini aniqlash vazifasi belgilab olindi.




XALQARO ALOQALAR BO`LIMI