The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Kompyuter lingvistikasiga oid mavzuda xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

2024-yil 22-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbek filologiyasi fakulteti Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi tomonidan ‘‘Kompyuter lingvistikasining zamonaviy texnologiyalari- CTCL.2024” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Y.Ergashov, O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani M. Chorshanbiyev, Amaliy matematika fakulteti dekani Z.Rahmonov, Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri Nilufar Abdurahmonova, Japan Digital University prorektori Yoko  Watanabe, professori, fizika-matematika fanlari doktori M.Aripov, Raqamli texnologiyalari va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari, PhD N. A'zamovalar konferensiyada chiqish qilishdi.

Shuningdek, Germaniyaning Kolne universitetidan L.Boizou, Shveytsariyaning Basel universitetidan M. Houssouba, Qozon Federal universitetidan A.Gatiatullin, Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetidan A.Shormakova va V.Karyukin, O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil izlanuvchisi S.Vallapil, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat universitetidan B.Elov va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan E.Nazirovalar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi. Tushlikdan so'ng quyidagi sho'balar o'z ishini boshladi:

1- Shoʻba. Korpus lingvistikasining dolzarb masalalari
2- Shoʻba. Til ta’limida kompyuter texnologiyalari
3- Shoʻba. NLPda til va nutq tahlili (Lingvistik analizator morfologik, sintaktik va semantik tahlil, nutq analizi va sintezi)
4- Shoʻba.  Mashina tarjimasining lingvistik va dasturiy ta’minoti
5- Shoʻba.  Kompyuter leksikografiyasi: ontologiya, tezaurus
6- Shoʻba.  Zamonaviy tilshunoslik masalalari.

O'zMU Axborot xizmati