The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Poytaxtimizda talabalar o‘rtasida regbi-7 musobaqalari boshlandi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti stadionida 8 ta oliy o‘quv yurti jamoalari o‘rtasida regbi-7 musobaqasi boshlandi. Mamlakat chempionati doirasida o‘tkazilayotgan turnir ayollar hamda erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Musobaqada oliy o‘quv yurtlarining quyidagi jamoalari ishtirok etadi: O‘zMU-Toshkent; QDU-Nukus; NDPI-Nukus, ADU-Andijan; O‘zDJTSU-Chirchiq; NDPI-Navoiy; UrDU-Xorazm; FarDU-Farg‘ona. Chempionat bahslarini dastlab ayollar jamoalari boshlab berdi. Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahslari bugun o‘z nihoyasiga yetadi. Undan so‘ng yigitlar bahslarga kirishadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zMU-Toshkent jamoasi NDPI-Navoiy, UrDU-Xorazm QDU-Nukus universitet jamoalari bilan bellashadi. Dastlabki o‘yinda jamoamizning raqibi Navoiy davlat pedagogika institutining qizlar jamoasi bo‘ldi. “Taekvondo va sport faoliyati” fakulteti talaba-qizlaridan tashkil topgan jamoamiz o‘yinning ilk daqiqalaridan hujumkor tarzda boshladi. Natijada, 24:5 hisobida o‘yin yakunlandi. Ikkinchi o‘yinda raqiblarimiz ancha tajribali jamoa bo‘lgan Qoraqalpoq davlat universiteti talaba-qizlari bo‘ldi. Keskin davom etgan ushbu o‘yinda O‘zMU jamoasi 14:7 hisobida g‘alaba qozonishdi. 5 noyabr kuni talaba-qizlarimiz Urganch davlat universiteti jamoasi bilan bellashadi.

O‘zMU Axborot xizmati