15 faculties. 80 chairs. 16 joint education programs. Number of students 30,000+. The number of professors and teachers is 2000+. The number of graduates is 200,000+.

Rektor tabrigi

Аssalomu alaykum! Muhtaram ustozlar! Аziz talabalarim!

Barchamizga ulugʼ ayyom kun-Ramazon hayiti muborak boʼlsin! Oʼzim va universitet rahbariyati nomidan Sizlarni qutlugʼ bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Jamoamiz uchun qoʼshaloq bayram- jonajon universitetimizning tashkil topgan kuni va Hayit bayrami kunlarida barchangizga mustahkam sogʼliq, yurtimizga tinchlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Bilamizki, ilm-fandagi yutuqlarga erishish zamirida oʼqish, izlanish, chet tillarini puxta oʼrganish, axborot texnologiya sohasini chuqur oʼzlashtirish yotadi.
Rivojlangan texnologiya,kuchli raqobat bilan dunyo tamadduni ilgarilayotgan davrda yoshlarimizni mustahkam eьtiqodli, bagʼrikeng, oqibatli, qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalash bosh mezonlarimizdan hisoblanadi. Umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan avlod barqaror taraqqiyotimiz, yutuqlarimiz, farovon turmushimiz poydevoridir. Bunday avlodni tarbiyalash yoʼlida bir asrdan ortiq tarixga ega universitetimizdagi zahmatkash olimlarimiz, ustozlarimizning mehnatlarini ehtirom bilan eьtirof etamiz.
Ilm dargohimizning auditoriyalarida dunyo tan olgan akademiklar, professorlardan talabalarimiz maьruzalar eshitishyapti. Olimlarning hayot yoʼli esa yoshlarga namuna.
Bugun soat sayin oʼzgarib turgan dunyoda najot faqat ilmda, maьrifatda ekanligini yaxshi his qilib turibmiz. Shuning uchun ham jaholatga qarshi maьrifat bilan kurashish borasida mamlakatimiz jahon minbarlaridan xayrli tashabbuslarni ilgari surmoqda. Inson ruhiyatining tayanch nuqtasini topib, oʼzini ilm bilan tarbiyalab borsagina atrofida aylanayotgan axborot domiga kirib ketishi xavfi kamayadi.
Mehr-oqibatda boʼlish, diniy qadriyatlarimizni ulugʼlash va insonparvarlik tamoyillarini asrash globallashuv davrdagi asosiy vazifalarimizdan hisoblanadi.
Men fidoyi hamkasblarimga inson uchun eng muhim jihat-yoshlarni fikrlashga oʼrgatish yoʼlida kamarbasta boʼlishlarini tilayman.
Zero, Vatanimiz rivoji, xalqimiz taqdiri, millatimiz kelajagi bizning qoʼlimizda. Bu borada 100 yildan ortiq katta tajribaga ega universitetimiz ilm ahlining oldingi safida boʼladi.
Yana bir bor xonadonlaringizga tinchlik, ishlaringizga rivoj, mustahkam sogʼliq tilayman. Ulugʼ ayyom kunlari muborak boʼlsin!

Oʼzbekiston Milliy universiteti rektori
professor Inom Madjidov