The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

XXVIII Xalqaro Matematika olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Milliy universitetining XXVIII Xalqaro Matematika olimpiadasi (IMC - International Mathematics Competition)da oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan talabalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, vazir o‘rinbosari Rasuljon Xakimov, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov va O‘zMU professor-o‘qituvchilari jamoasi ishtirok etishdi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov O‘zMUning 13 nafar talabalarini qutlab ularni Xalqaro musobaqaga tayyorlagan ustozlari bo‘lmish O‘zMU Algebra va funksional analiz kafedrasi katta o‘qituvchisi Farxodjon Xaydarov hamda O‘z.Res.FA Matematika instituti ilmiy xodimi Behzod Qurbon¬boyevlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

G‘olib talabalarning har biri monoblok kompyuter va planshet, kitoblar jamlanmasi va tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, ushbu olimpiadada 55 mamlakatning jumladan AQSH, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Polsha, Isroil, Gretsiya, Ispaniya, Avstraliya, Fransiya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan 592 nafar iqtidorli talabalari ishtirok etgan.
Talabalarning olimpiadada munosib ishtirokini ta’minlash maqsadida joriy yilning mart – iyul oylarida O‘zMU Algebra va funksional analiz kafedrasi katta o‘qituvchisi Farxodjon Xaydarov hamda Matematika instituti ilmiy xodimi Behzod Qurbon¬boyev tomonidan tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlari olib borilgan. Tayyorgarlikning yakuniy bosqichi iyul oyida o‘tkazilib, to‘rt bosqichli saralash natijalariga ko‘ra, 100 dan ortiq talabalardan 17 nafari saralab olingan. Ulardan 12 nafari O‘zbekiston terma jamoasiga, 5 nafari esa O‘zMU jamoasiga qabul qilingan.
Musobaqa natijalariga ko‘ra O‘zMU Matematika fakulteti talabalari Xalqaro matematika musobaqasida 3 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medal va 2 ta fahriy yorliqni qo‘lga kiritishdi.
O‘zMU rektori Inom Madjidov tashabbusi bilan talabalarni olimpiadaga tayyorlagan o‘qituvchilarga 1 oylik ish haqi miqdorida moddiy rag‘batlantirish belgilandi.
G‘olib talabalarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:

  1. Abdushukur AHADOV — 2 kurs talabasi;
  2. Jasurbek IMOMOV — 2 kurs talabasi;
  3. Maftuna SAMATBOYEVA — 3 kurs talabasi.
    Kumush medal:
  4. Shahzod QUROQBOYEV — 3 kurs talabasi;
  5. Doniyor YAZDONOV — 3 kurs talabasi;
  6. Jahongir TURAYEV — 2 kurs talabasi;
  7. Jahongir NORBOYEV — 1 kurs talabasi;
  8. Davrbek OLTIBOYEV — 3 kurs talabasi.
    Bronza medal:
  9. Laziz ABDULLAYEV — 2 kurs talabasi;
  10. Nilufar RAJABOVA — 3 kurs talabasi;
  11. Jahongir TURSUNBOYEV — 3 kurs talabasi.
    Faxriy yorliq:
  12. Javohir ISKANDAROV — 2 kurs talabasi;
  13. Nodirbek G‘AFFOROV — 2 kurs talabasi.

O‘zMU Axborot xizmati