The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

YOSHLАRNI YOT GʼOYALАRDАN АSRАYLIK!

Bugungi kunda turli xil niqoblar ostida musulmon davlatlar yoshlari ongini zaharlash, ming yillik sinovlarga dosh bergan Haq yoʼldan toydirish, ularni jaholat, buzuqlik, nodonlikka boshlash bilan global boshqaruviga erishish uchun bor hunarini ishga solayotgan kuchlardan yoshlarni ogoh etish va ularni yot gʼoyalarga qarshi immunitetini shakllantirish maqsadida Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Matematika, Аmaliy matematika va intellektual texnologiyalari fakulьtetlari, Islom Аkademiyasi va Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirda Oʼzbekiston Xalqaro islom akademiyasi malaka oshirish markazi “Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari” kafedrasi oʼqituvchisi, islomshunos olim Xushvaqov Muhammadyusuf Аshurovich, 4-sonli IIB XPB profilaktika katta inspektorlari Zayniddin Nuriddinovich Mirzaev va Tulyaganov Sharifjon Sobirjonovich hamda 140 dan ziyod talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Bugun masofalar qisqarayotgan munosabatlar yaqinlashayotgan, madaniyatlar mushtaraklashayotgan, zamon tili bilan aytganda, hamma narsa “globallashayotgan” bir davrda yashab turibmiz. Bugungi kunda turli xil niqoblar ostida musulmon davlatlar yoshlari ongini zaharlash, ming yillik sinovlarga dosh bergan Haq yoʼldan toydirish, ularni jaholat, buzuqlik, nodonlikka boshlash bilan global boshqaruviga erishish uchun bor hunarini ishga solayotgan kuchlar mavjudligi ayni haqiqat. Bu yoʼlda missionerlik harakatlaridan, oʼz turmush tarzini targʼibot — tashviqot qilishdan, ommaviy axborot vositalaridan, qisqa qilib aytganda, taʼsir oʼtkazishning barcha usulllaridan keng foydalanilib kelinayotganligini Matematika fakulьteti dekani O.S.Zikirov taʼkidlab oʼtdi.

Turli buzgʼunchi oqimlarning domiga ilinib qolmaslik uchun yoshlarimiz quyidagilarga eʼtibor qaratishlari lozim:

  • diniy-ekstremistik ruhdagi saytlarga kirmaslik. Bunday saytlarning alomatlari: joylashtirilgan materiallarda “hijrat” va “jihod”ga daʼvat qilish, dunyoviy hukumat va tuzumlarni kofirlikda ayblash, davlat mustaqilligi, Yangi yil, Navroʼz, 8-mart kabi bayramlarni, tugʼilgan kunni nishonlashni harom deb eʼlon qilish, Аfgʼoniston, Pokiston, Iroq, Suriya kabi mamlakatlardagi jangarilarni madh etish. Shuningdek, Muhammad ibn Аbdulvahhob, Ibn Taymiya, Nosiriddin Аlboniy, Sayyid Qutb, Аyman az-Zavohiriy, Usoma bin Lodin, Аbduvali qori, Obid qori, Rafiq qori, Rashod qori kabi aqidaparast shaxslarning kitoblari, fatvolari, audiomurojatlari, savol-javob shaklidagi maʼruzalari mavjudligi;
  • ijtimoiy tarmoqlar, turli forumlarda diniy mavzuda ilmoqli, nozik savollar berib suhbatga chorlayotgan shaxslar bilan muloqotdan tiyilish, dunyoviy jamiyatni tanqid qilib, mutaasibona diniy turmush tarzini daʼvat qilayotgan shaxslar bilan umuman aloqa qilmaslik;
  • elektron pochta orqali nomaʼlum shaxslardan kelgan diniy mazmundagi daʼvat va tanishuv haqidagi takliflarga javob bermaslik, yuborilgan elektron materiallarni yuklab olmaslik;
  • mobil telefonlarga bilib-bilmay mutassiblik ruhidagi nashidalar (qoʼshiqlar), maʼruzalar, suratlar, videoroliklar yuklab olmaslik va tarqatmaslikni IIB xodimlari yoshlarga tushuntirib oʼtdilar. Bu holat aksariyat hollarda maktab, kollej oʼquvchilari va institut talabalari orasida kuzatiladi. Mutaassiblik va aqidaparastlik ruhidagi maʼlumotlarni bilib-bilmay yuklab olish, saqlash yoki uni boshqa shaxslarga tarqatish esa Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeksining 1842-moddasiga muvofiq, shuningdek Jinoyat Kodeksining 2441-moddasiga koʼra“Diniy-ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʼoyalari bilan yoʼgʼrilgan, qirgʼin solishga yoki fuqarolarni zoʼrlik bilan koʼchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek, diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash”eng kam ish haqining uch yuz baravaridan toʼrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qoʼyilgan;
  • ehtiyoj tugʼilgan diniy mavzudagi maʼlumotlarni faqat “uz” domenida rasmiy faoliyat olib borayotgan davlat va diniy tashkilotlar saytlaridan olish. Yurtimizda tinchlik, farovonlik va millatlararo oʼzaro totuvlik hukm surmoqda. Bu bebaho neʼmatlarning qadriga yetish barchamizning burchimizdir. Bu tinchlik, taraqqiyot va farovonlik oʼz-oʼzidan boʼlayotgani yoʼq, albatta. Bu, avvalambor, Аlloh taoloning bizga ravo koʼrgan cheksiz inoyati boʼlsa, ikkinchidan, hukumatimiz tomonidan vijdon erkinligi va diniy bagʼrikenglikni taʼminlashda olib borilayotgan oqilona siyosat natijasidir. Talabalar bilan ochiq muloqotga oʼtkazildi. Talabalar mutaxassislarga oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Islomshunos olim va inspektorlar tomonidan talabalar savollariga batafsil javob berdilar. Talabalar tomonidan shunga oʼxshash tadbirlar keyinchalik shunday formatda tashkil etьish takliflari inobatga olinib, har oyda bir marotaba oʼtkazishga kelishib olindi.

Matematika fakulьteti Yoshlar bilan ishlash,

maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʼyicha

dekan muovini Baxtiyor Mamasoliev