Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Erasmus+ KA171 ICM (2023-2025) xalqaro dasturi

Erasmus+ KA171 ICM (2023-2025) xalqaro dasturi ishtirokchilarining ilk virtual uchrashuvi

Bugun, 2023 yil 11 yanvar kuni xalqaro reytinglarda ishtirok etish boʼlimi tomonidan taqdim etilgan va Porto universiteti boshchiligida yangi Erasmus+ KA171 ICM (2023-2025) xalqaro dasturi ishtirokchilarining ilk virtual uchrashuvi boʼlib oʼtdi.

Mazkur yangi 2023 yilda qoʼlga kiritilgan Erasmus dasturida Jazoir, Morokko, Misr, Vyetnam, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Oʼzbekiston va Qozoqiston davlatlari universitetlari akademik mobillik dasturi doirasida hamkorlik qiladilar.

Bugungi uchrashuvda har bir universitetga ajratilgan oʼrinlar, hujjatlarni taqdim etish, talabalar va xodimlar almashunuvini amalga oshirish tartiblari haqida maʼlumotlar berildi.

Maʼlumot oʼrnida 2022 yilda xalqaro reytinglarda ishtirok etish boʼlimi tomonidan taqdim etilgan 4 ta xalqaro Erasmus dasturi doirasida 2023-2025 yillarda Portugaliya, Frantsiya, Ispaniya va Turkiya davlatlari OTMlari bilan akademik almashinuvi amalga oshiriladi.