Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Erkin Vohidov ijodi abadiydir!

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Adiblar hiyobonida ma’naviy ma’rifiy tadbirlar tashkil etish to‘g‘risida”gi reja grafigiga muvofiq joriy yilning 30 oktabr kuniMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga biriktirilgan atoqli adib, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Erkin Vohidov – Alisher Navoiy ijodining davomchisi» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, Matematika va Xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, Sirojiddinov nomidagi akademik litsey o‘quvchilari, shoirlar, yozuvchilar, san’atkorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ushbu ma’rifiy kechani O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti f.f.d. M.Asadov ochib berdi.
M.Asadov o‘z nutqida adabiyotning beqiyos ta’sir kuchi, sehrli olami xususida gapirib, Erkin Vohidov xalqimiz uchun samimiy tuyg‘ular kuychisi sifatida g‘oyat qadrlidir. Inson qalbi, pokiza tuyg‘ular, quvonchu shodliklar bilan birga, xalqimizga xos bo‘lgan bag‘rikenglik, odamiylik, halollik kabi fazilatlar madh etilgani bois uning she’riyati barchani o‘ziga chorlayveradi. Shoirning kitoblari kirib bormagan o‘zbek xonadoni bo‘lmasa kerak. Demak, u o‘z asarlari bilan mangu yashaydi.

Shuningdek, tadbir davomida Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Saodat” jurnali muharriri M.Usmonova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Qoraqalpog‘iston Xalq shoiri R.Musurmonov, universitet matematika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Mamasoliyevlar so‘zga chiqib, O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidovning ijod yo‘li betakror va benazirligi bilan xalqimizning bebaho ma’naviy boyligiga aylangan. Erkin Vohidov-el dardi, xalq qayg‘usi bilan yashagan zabardast ijodkor, o‘z asarlari bilan har bir yurtdoshi qalbidan munosib joy olgan, so‘z qudratini teran his etgan ardoqli va chinakam shoir edi. So‘z zargari, tilimiz jonkuyari Erkin Vohidov bir necha tilni, eng avvalo, ona tilini chuqur egallagan, uning boyliklari, nazokati, tarovati, tovlanishlaridan keng xabardor, so‘zni o‘z hukmiga bo‘ysundirgan san’atkor deya ta’kidlab o‘tdi.

Ma’rifiy uchrashuvni O‘zbekiston milliy universiteti talaba-yoshlar Erkin Vohidov hayotidan lavhalar so‘zlab berdi va shoira qalamiga mansub she’rlaridan namunalar o‘qib, shoirni to‘lqinlanib yod etdilar.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist B.Xolxo‘jayev o‘z qo‘shiqlari bilan shoir ijodiga mansub she’rlar asosida diltortar kuy va qo‘shiqlar namoyish etilib, sevimli shoir xotirasi shod etildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi