Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Fransiya elchixonasi

Fransiya elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy Universiteti O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasi bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik qilib boradi. Ayniqsa 2016-2017 yillarda O‘zbekiston Milliy Universitetida Frankofoniya bayrami keng nishonlangan va universitet hamkor tashkilot sifatida ishtirok etgan. Shuningdek, O‘zbekiston-Fransiya do‘stlik jamiyatining ofisi ham O‘zbekiston Milliy Universitetida joylashganligi sababli Fransiya elchixonasi bilan ko‘plab tadbirlar, seminar-treninglar, davra suhbatlari O‘zbekiston Milliy Universitetida tashkillashtiriladi. Ayniqsa, 2022-yilda O‘zbekiston-Fransiya ta’lim forumi ham aynan O‘zbekiston Milliy Universitetida Fransiya elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan.

Shuningdek, 2023-yil 11-dekabr kuni Fransiya elchixonasi vakillari va O‘zbekiston Milliy Universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi mutassadi hodimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Fransiyaning taʼlim yoʻnalishida hamkorlik boʻyicha Attashesi Serj Bellini,  Yosh ambassador frankofonlar tashkiloti prezidenti Mari Beatric Levo va Yosh Frankofon ambasadori Fatima Nikol Sila Oʻzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda OʻzMUning Fransiya universitetlari bilan hamkorligi, fransuz tilini oʻrganuvchi talabalar va Frankofoniya tashkiloti bilan hamkorlik xususida muloqot olib borildi. Elchixona vakillari va Frankofoniya ambasadorlari tomonidan fransuz tilini oʻrganuvchi talabalar bilimlari yuqori baholanib, frankofoniya boʻyicha hamkorlik qilish taklifi bildirildi.

Shuningdek, fransuz tili oʻrganuvchi talabalar bilan suhbat oʻtkazildi. Suhbat davomida ularning bilim va koʻnikmalari sinovdan oʻtkazilib, yosh frakofon ambasadorligiga nomzodlar roʻyxati tuzildi.

Sinov natijalari mart oyida boʻlib oʻtadigan Frakofoniya festivaliga qadar maʼlum qilinishi aytildi.