Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti talabalari uchun profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Alisher Abdulhaqov, universitet huquqshunos-maslahatchisi Guli Yaxyayeva, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Ra’no Rustamova, fakultet dekani Akramiddin Umarov va boshqa mas’ullar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mas’ullar tomonidan talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik, universitet Odob-axloq kodeksi va ichki tartib qoidalariga rioya etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish borasida zarur tushuncha va ko‘nikmalar berildi.