Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Gong-Kong Ta’lim Universiteti

Gong-Kong Ta’lim Universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya O’zMUda

2023 yil 22-may sanasida O’zbekiston Milliy universitetiga Gong-Kong Ta’lim Universiteti rektori va boshqaruv vakillari tashrif buyurishdi.

Delegatsiya a’zolarini O’zMU rektori kutib olib,  o’zaro aloqalar xususida suhbat olib borildi. Suhbat davomida O’zMUning pedagogika va psixologiya yo’nalishlari haqida ma’lumotlar berib o’tildi.

Dastlab Gong-Kong Ta’lim universiteti tanishtirib o’tildi va uning ta’lim grantlari qoshidagi sakkizta subsidiyalangan universitetlardan biri ekanligi hamda hududdagi o’qituvchilar ta’limiga bag’ishlangan yagona universitet ekanligi ta’kidlandi.

Universitet uchta fakultet va  o’ndan ortiq akademik yo’nalishlardan tarkib topganligi va ular talabalar uchun turli grantlar taqdim etishi xususida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, mazkur univeristet bilan ta’lim tizimini rivojlantirish bo’yicha hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish masalalari muhokama etildi. Pedagogika yo’nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borish, akademik mobillikni yo’lga qo’yish masalalari ham ko’rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida ikki universitet o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.