Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Gruziya xattotligi” nomli7-xalqaro yozgi maktab tashkil etilmoqda.


AZIZ TALABALAR DIQQATIGA!

Gruziyaning Tibilisi shahrida joriy yilning 17-26 iyul kunlari Gruziya milliy qo’lyozmalari markazi tomonidan “Gruziya xattotligi” nomli 7-xalqaro yozgi maktab tashkil etilmoqda.

Ushbu yozgi maktabda ishtirok etish uchun Respublika Oliy ta’lim muassasalaridan talabalar, magistrantlar hamda doktarantklar taklif etiladi.
“Gruziya xattotligi” nomli 7-xalqaro yozgi maktabda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar quyidagi anketalarni toldirgan holda ushbu summerschool@manuscript.ge manzilga jonitshlari soraladi.

Anketalar va qoshimcha ma'lumot: BU_YERDA

Anketalarni yuborishning oxirgi muddati: 2024 yilning 1-martiga qadar.

Ma’lumot o`rnida yozgi maktabda ishtirok etish bilan bog’liq xalqaro aviachipta xarajatlari nomzodlar tomonidan, qolgan xarajatlar (yashash, ovqatlanish, ichki transport) xorij tomonidan qoplanishi ma’lum qilingan.

Xalqaro aloqalar bo'limi