Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi prezidentlik lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisida kelgusi besh yil uchun ustuvor yoʻnalishlarni belgilab bergan edi.
Mazkur anjumanda islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini taʼminlash maqsadida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy gʻoya va bosh mezon bo'lishini ta'kidlangan edi.
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyilining asosiy mazmun mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida seminar-trening tashkil etildi. Dastlab yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Botir Mallabayev bugungi kunda prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning bosh maqsadi - eng avallo, inson qadri uchun, xalqimizni rozi qilishdek ezgu maqsad ko'zlangani, ertamiz kelajagi bo'lmish yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, yaxshi o'qib, kelajakda mamlakatimiz ravnaqi uchun o'zining munosib hissasini qo'shadigan yetuk kadr bo'lib yetishishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish ekanligini ta'kidladi.
Seminar-trening davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi qoshida tashkil etilgan "Kelajak liderlari" klubi a'zosi Sayyod Abduraxmonov tomonidan Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyilining 7 ta yo'nalishi batafsil tushuntirib o'tildi.
Seminar-trening davomida talaba-yoshlar o'zlarining bir qator taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar.

O’zMU Axborot xizmati