Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

JSS oliy ta’lim va tadqiqotlar akademiyasi

Hindistonning JSS oliy ta’lim va tadqiqotlar akademiyasi bilan hamkorlik o'rnatildi.

Bugun  2022 yil 1 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Hindistonning JSS oliy ta’lim va tadqiqotlar akademiyasidan delagatsiya tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy maqsadi ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘lib, bunda asosan talabalar almashinuvi, hamkorlikda xalqaro nashrlarda ilmiy maqolalar chop etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va birgalikda qo‘shma dasturlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonning JSS oliy ta’lim va tadqiqtolar akademiyasi xalqaro QS reytingi bo‘yicha dunyoda TOP 301-350 o‘rinda turadi, fan bo‘yicha reytingda esa (Farmasevtika) TOP-100 talik ro‘yxatidan joy olgan.