Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Kaspiy Texnologiya va muxandislik universiteti

Kaspiy Texnologiya va muxandislik universitetining 3 nafar doktorantlari bilan uchrashuv

2023 yilning 23-iyun kuni Xalqaro aloqalar bo'limida 2023-yilning 1-iyunidan 23-iyuniga qadar Qozog‘iston Respublikasi Sh.Yesenov nomidagi Kaspiy Texnologiya va muxandislik universitetining 3 nafar doktorantlari universitetlar o‘rtasida tuzilgan memorandum asosida Geologiya va muhandislik geologiyasi fakultetida ilmiy-stajirovka o‘tagan tadqiqotchilar xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida doktorantlar O‘zMU haqidagi tassurotlari bilan bo‘lishishdi.  Stajirovka davomida O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan O‘zMUda joylashgan X.Dolimov nomidagi Geologiya muzeyiga va boshka geologik tashkilotlarga tashrif buyurganliklarini ta'kidlab o'tishdi.

Uchrashuv so‘ngida doktorantlarga stajirovkani muvafaqqiyatli yakunlaganlari uchun sertifikatlar taqdim etildi.