Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI!

Bugun, 7-dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bosh qomusi – Konstitutsiya va 10-dekabr Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati  bilan “KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Dastlab, erta tongdan O‘zbekiston Milliy universiteti “Talaba FM” radio efir soatlarida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bosh qomusi – Konstitutsiya qabul qilinganligining 29 yilligiga bag‘ishlangan dastur eshittirishlari olib borildi.

Shundan so‘ng universitet bosh maydoni atrofida Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchilari hamda tyutorlar ishtirokida talaba-yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida viktorina so‘rovlari uyushtirildi. Viktorina savol-javoblarida faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga estalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram dasturning asosiy qismi Toshkent shahar Yoshlar markazi katta zalida bo’lib o’tdi. Tadbirda soha prorektorlari, fakultet dekanlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchilari, O‘zMU Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi ofitserlari va kursantlari hamda 500 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zMU O’quv ishlari bo’yicha prorektor Shuhrat Toshmatov 8-dekabrO‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 10-dekabrO‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag‘ishlangan bayram tabrigi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng,
 
“Yil talabasi – 2021” Respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi g‘oliblari va O‘zbekiston Milliy universitetida atoqli adib, O‘zbekiston Qahramoni “Erkin Vohidov nomidagi maxsus stipendiya” sovrindorlarining taqdirlash marosimi o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan talabalar universitet rahbariyati tomonidan diplomlar va estalik sovg‘alarini qabul qilib oldilar.

Keyingi navbatda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi Karimov To‘lqin Payzievich o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, ishtirokchilarga O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi haqida qisqacha  va foydali ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi haqida universitet iqtidorli talabalari tayyorlagan videorolik namoyish etildi. Shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy ansambli xonandalari hamda universitet talaba-yoshlari ijrosidagi vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar tarannum etildi.  

O‘zMU Axborot xizmati