Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Konstitutsiya bilimdonlari aniqlandi

O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi tashabbusi bilan 5-sonli talabalar turar joyida “Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati!” mavzuidagi madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida "Konstitutsiya bilimdoni" tanlovi o’tkazildi. Tanlov ishtirokchilari quyidagi 3 shart bilan bellashdilar:
1-shart: jamoaga Konstitutsiyaga oid 10 ta mantiqiy savol berildi va o’ylash uchun 1 daqiqa vaqt berildi.
2-shart: jamoaga Konstitutsiya moddalaridan 5ta savol berildi va o’ylash uchun 1 daqiqa vaqt berildi.
3-shart: jamoa sardorlariga bosh Qomusimizga doir 3 tadan qisqa savol berildi.
G’olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.

O’zMU Axborot xizmati