Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

KONSTITUTSIYA – FAROVON KELAJAGIMIZ KAFOLATI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli kilinikasida "Konstitutsiya - farovon kelajagimiz kafolati" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Fuqarolik jamiyati va huquq taʼlimi" kafedrasi dotsenti v.b., falsafa doktori Jaloliddin Yusubov va kafedra tayanch doktoranti Sarvar Jumayevlar tadbir mavzusi yuzasidan maʼruza olib bordilar. Shuningdek, tadbirda shifokorlar va hamshiralar tomonidan mavzu yuzasidan fikrlar bildirildi, universitet, fakultet va kafedra jamoasiga minnatdorchilik bildirildi.

O’zMU Axborot xizmati