Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Kredit-modul tizimi: kelib chiqishi, mohiyati va xalqaro tajriba

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining barcha fakultet professor-o’qituvchilari uchun kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo’yicha qisqa muddatli seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda kredit-modul (HEMIS) dasturida ishlash, kredit-modul tizimi, uning asosiy tamoyillari, oliy ta’lim tizimidagi ahamiyati, paydo bо‘lish tarixi, о‘quv natijalari (Learning outcomes), talaba о‘quv yuklamasining tarkibiy qismlari, kreditni taqsimlash, Registrator ofisi faoliyati, kredit-modul tizimida o’quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, kredit-modul tizimida o’quv jarayonining me’yoriy-uslubiy ta’minoti, tizimda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, kredit-modul tizimini raqamlashtirish, kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ishi va ARM faoliyatini tashkil etish, kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati va o’zlashtirishni baholash tizimi, xorijiy davlatlardagi kredit-modul tizimining muhim tamoyillari to’g’risida ma’lumotlar berildi.
Seminar-treningda tinglovchilar o’zlarining fikr-mulohazalari, savol-javoblari va bahsli jarayonlari bilan faol qatnashdilar.

O’zMU Axborot xizmati