Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Maharaja Sayajirao  nomidagi Baroda universiteti

2023 yil 22 dekabr kuni Iqlim o'zgarishi sharoitida O’zbekiston va Hindiston suv resurslaridan samarali foydalanish va boshqarish boʻyicha O’zbekiston tomonidan 3 nafar ma’ruzachi - K.R.Raxmonov, G’.O’.Umirzoqov, B.E.Adenbayev va Hindistonlik olimlar - R.Remison, B.Sahoo, P.S.Ghosal, M.K.Tiwari va S.Mujumdarlar tomonidan 5 ta ma’ruzalar taqdim etildi.

 Xizmat safari davomida Maharaja Sayajirao  nomidagi Baroda universiteti prorektori professor (Dr.) Vijay Kumar Srivastava bilan uchrashuv o’tkazildi.

Maharaja Sayajirao  nomidagi Baroda universiteti bilan O’zbekiston Milliy universiteti o’rtasida ilmiy loyihalar tayyorlash, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi, xalqaro konferensiyalar tashkil etish masalalari bo’yicha kelishuvlar imzolanishi yuzasidan O’zMU prorektorlari bilan muzokaralar olib borish bo’yicha masalalar kelishib olindi.