Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Malayziya Milliy universiteti qoshidagi Islom Xadhari instituti

Malayziya Milliy universiteti qoshidagi Islom Xadhari instituti direktori O'zMUda

     2023 yilning 9-iyul sanasida yurtimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'lib o'tmoqda. Saylovni kuzatishga dunyoning turli davlatlaridan xorijiy kuzatuvchilar tashrif buyurgan.

Xorijiy kuzatuvchilardan biri Malayziya Milliy universiteti qoshidagi Islom Xadhari instituti direktori Fariza MD Sham xonim va ularning turmush o'rtoqlari Edxan Bin Abdul Rasid Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori Raima Shirinova bilan birgalikda 710-saylov uchastkasiga tashrif buyurishdi.

Fariza MD Sham xonim O'zMU qoshidagi Chingiz Aytmatov muzeyiga ham tashrif buyurib, adibning tarixi va qo'lyozmalari bilan tanishdi. Shuningdek, muzeyning faxriy mexmonlar kitobiga o'z tilaklarini yozib qoldirdi.

O'zMU xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori Raima Shirinova Fariza MD Sham xonim va ularning turmush o'rtoqlarini xalqaro aloqalar bo'limiga taklif qilib, universitetning xalqaro miqyosda erishgan yutuqlari hamda istiqboldagi rejalar haqida so'zlab berdi.

Malayziya Milliy universiteti qoshidagi Islom Xadhari instituti direktori Fariza MD Sham xonim O'zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlik qilishga tayyorligini hamda 2023-yil so'ngiga qadar ikki universitet o'rtasida anglashuv memorandumini imzolash istagini bildirdi.