Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Men tug’ilgan diyor!” nomli rasm va videoroliklar tanlovi g’olibi aniqlandi

Xabaringiz bor, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida “Men tug‘ilgan diyor!” mavzuida rasm va videoroliklar tanlovi e’lon qilindi. Ushbu tanlovning talabi rasm va videoroliklarida talabalarning o’zlari tug‘ilgan joylari (shahar, tuman, qishloq, ovul) ni yoritib berishdan iborat.
Tanlovda nafaqat Tarix fakulteti talabalari uchun, balki boshqa fakultet talabalari ham faol ishtirok etishdi. Hay'at a'zolari tomonidan nizomga muvofiq tanlovga yuborilgan barcha rasm va videolar baholandi. Natijalarga ko’ra quyidagi talabalar g’olib deb topildi:
1-o‘rin uchun: Xorijiy filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Maxmudova Niginaxon;
2-o‘rin uchun: 3-bosqich Tarix va ekskursiya-o‘lkashunoslik yo‘nalishi talabasi Raximov Oybek;
3-o‘rin uchun: 2-bosqich Tarix yo‘nalishi talabasi Xayitboyeva Ozoda.
Tanlov g‘oliblarini samimiy muborakbod etamiz. G’oliblar fakultet tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

O’zMU Axborot xizmati