Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Mintaqalararo rektorlar konferensiyasi

O’zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasi

Oldin xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining 4-mintaqalararo konferensiyasi Sankt Peterburg shahrida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida bir qancha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamorlik hujjatlari imzolandi.

O‘zbekiston Milliy universiteti Sankt Peterburg davlat aerokosmik asboblar injinerligi instituti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.  Aytish joizki,  O‘zMU va Sankt Peterburg Oliy Iqtisod Maktabi bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik olib borilmoqda. Ayniqsa, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi,  xalqaro konferensiyalarda hamkorliklar shular jumlasidan.

Bugun esa mazkur oliygoh bilan  ilmiy o‘quv laboratoriya tashkil qilish borasida hujjat imzolandi.