Jismoniy va yurdik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi
Insopov Abdug'affor Abdusamadovich-Bo'lim boshlig'i
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Dushanba-Juma, 14:00 – 15:00
+998 71 246-08-96
nazorat@nuu.uz
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti «Ichki nazorat va monitoring» bo`limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o`quv-ta`lim jarayonida me`yoriy hujjatlar va uslubiy ko`rsatmalarning ijro etilishini, shuningdek, universitet bo`yicha buyruqlar va qarorlarning o`z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. «Ichki nazorat va monitoring» bo`limi o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 2001 yil 29-avgust 207-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan «Oliy ta`lim ichki inspeksiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro`yobga chiqarishning monitoringi»ni amalga oshirish to`g`risidagi Nizom, O`zMu Ustavi va bo`lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Bo`lim universitetda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, o`quv, o`quv-uslubiy, ma`naviy, ma`rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay`at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik, agentlik va universitet bo`yicha buyruqlarning hamda ta`lim sohasidagi me`yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Ichki nazorat va monitoring bo`limi o`z faoliyatida bevosita rektorga bo`ysunadi.
Bo`limining asosiy vazifalari:
•universitetda O`zbekiston Respublikasining oliy ta`limga oid qonunlari, vazirlikning Hay`at qarori, buyruqlari va boshqa hujjatlarini, shuningdek universitet ichki buyruqlari va qarorlarining bajarilish monitoringini olib borish
•universitet professor-o`qituvchilar va o`quv-yordamchi hodimlar tarkibi ichki inspeksiyasini tashkil qilish va o`tkazish
•kadrlar tayyorlash sifati va ta`lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo`yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta`lim standartlariga va boshqa me`yoriy hujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish
•universitetda ta`lim standartlarini joriy etish masalalari bo`yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo`linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko`rsatish
•universitetni boshqarish organlariga ta`lim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish bo`yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash?
•universitet bo`yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish
•universitet va uning filiallarida o`quv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha bo`linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko`rsatish
•professor-o`qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshirishda ishtirok etish.
•kamchiliklar va muammolarni bartaraf va xal qilish bo`yicha aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish.
•universitet va unga tegishli ta`lim muassasalarida (filiallar, litseylar va boshqalar) ta`lim standartlariga hamda ta`limga oid me`yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish
•universitetda va unga tegishli ta`lim muassasalarida bo`ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish
•o`quv yurti faoliyati bo`yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo`linmalardan o`z hizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish
•kurs loyixasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat atestatsiyalarining o`tkazilishini hamda barcha turdagi nazariy va amaliy mashg`ulotlarni ko`rib chiqish
•o`z huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o`rganish uchun belgilangan tartibda universitetning malakaviy professor-o`qituvchilari va xodimlarni jalb qilgan holda guruhlar tuzish.