Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Moskva davlat gumanitar universiteti

Uz Mu delegatsiyasi Moskva davlat gumanitar universitetida

O‘zbekiston Milliy universiteti Moskva davlat gumanitar universiteti bilan hamkorlik qiladi. 2023-yil 30-iyuldan 13-avgustgacha mazkur universitetda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi oliy o‘quv yurtlari ishtirokida xalqaro “Yozgi institut” tashkil etildi.

Ushbu “Yozgi institut”da O‘zMU xodimlari To‘rayev Bahodir, Musurmanov Ulug‘bek, Mamanazarov Mansurlar ishtirok etmoqda. Mazkur “Yozgi institut”ning asosiy maqsadi pedagoglar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, universitetlardan raqamli axborot texnologiyalari tajribasini o‘rganish, xodimlarning ish samaradorligi ko‘rsatkichlarini baholash va tahlil qilish tajribasini o‘rganishdan iborat.

Bugun ushbu “Yozgi institut” ishtirokchilari Rossiya Fanlar akademiyasida bo‘lib, institut bilan yaqindan tanishib, ushbu akademiya faoliyati va tajribasi bilan tanishdilar.