Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod tilshunoslik davlat universiteti

2024 yilning 6 sanasida Rossiyaning N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod tilshunoslik davlat universiteti vakillari OʻzMUga tashrif buyurishdi.

Tashrif rus va ingliz tillari boʻyicha bakalavriat bosqichi talabalari uchun oʻtkaziladigan Xalqaro olimpiada doirasida amalga oshirildi. 

OʻzMU Xorijiy filologiya fakultetida olimpiadaning birinchi kuni boshlanganligi va ishtirokchilar toʻgʻrisidamaʼlumotlar berib oʻtildi.

Mazkur Olimpiada gʻoliblari N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod tilshunoslik davlat universitetiga bepul oʻqishni davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlishlari taʼkidlandi.

Shuningdek, olimpiadaning navbatdagi bosqichlari onlayn davom etishi bildirildi.

Uchtashuv yakunida delegatsiya aʼzolari Rossiyaning N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod tilshunoslik davlat universiteti rektorining  Oʻzbekiston milliy universiteti rektori Inom  Madjidovga, xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova   hamda xorijiy filologiya fakulteti dekani Habibulla Bakiyevlarga mazkur  tadbirni tashkil etishda yaqindan koʻmaklashganliklari uchun rektorning  tashakkurnomalarini topshirdilar.