Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

OʼZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI – ETVOShА LORАNDА UNIVERSITETI OʼRTАSIDАGI MEMORАNDUM: OʼZАRO HАMKORLIKNING YaNGI SАHIFАSI

Joriy yilning 21 iyunь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi va Vengriyaning Oʼzbekistondagi elchixonasi hamkorligida Oʼzbekiston va Vengriya rektorlarining ilk forumi boʼlib oʼtdi.

Xalqaro forumda ikki mamlakatning yuqori martabali davlat hokimiyati vakillari va 30 ga yaqin nufuzli oliy taʼlim muassasasi rektorlari, prorektorlari ishtirok etdi.

Forum doirasida ikki mamlakat oʼrtasida qoʼsh diplomlar berish imkoniyatiga ega boʼlgan qoʼshma taʼlim dasturlarini yaratish, venger mutaxassislarini Oʼzbekistondagi oliy oʼquv yurtlarida qisqa muddatli maʼruzalarga taklif qilish, Vengriya OTM bazasida oʼqituvchilarning malakasini oshirish, qoʼshma ilmiy nashrlar, talabalar va oʼqituvchilar almashinuvini yoʼlga qoʼyish, Vengriya universitetlari bilan kimyoviy texnologiyalar, energetika, mashinasozlik, sanoat texnologiyalari, biotexnologiya, sugʼorish va suv resurslari, qishloq xoʼjaligi, tibbiyot, farmakologiya, farmatsevtika sohalarida hamkorlik oʼrnatish va rivojlantirish masalalari muhokama doirasida boʼldi.

Forumda Oʼzbekiston Milliy universiteti va Etvosha Loranda universiteti oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi va memorandum doirasida xalqaro hamkorlikni yanada yuksaltirish, ikki oliy taʼlim muassasalari oʼrtasida qisqa maʼruzalar olib borish, professor-oʼqituvchilar, yosh olimlar va talabalarning oʼzaro almashinuvini yoʼlga qoʼyish yuzasidan fikr-mulohalar bildirildi.

RАIMА ShIRINOVА

OʼzMU Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor