Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

OʻzMU rektori universitetning Jizzax filialida bo‘ldi

16-fevral kuni Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori Inom Majidov OʻzMUning Jizzax filialiga tashrif buyurib, ushbu oliy ta’lim muassasasida talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, kelgusida reja qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.

Jumladan, filialda yangi qurilayotgan o‘quv binosi, talabalar uchun yaratilgan fitnes zali, quyosh panellaridan samarali foydalanish ishlari va boshqa qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida obodlashtirish ishlari, talabalar turar joylari va boshqa masalalar bo'yicha muassasa rahbarlariga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.