Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik va yon-atrofdagi voqealarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini tarbiyalash bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyatga ega.

SH.M.Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash, oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada faollashtirish va mazkur yo‘nalishdagi kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy yilning 17-noyabridan 15-dekabr kuniga qadar yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari uchun o‘quv-seminarlari va seminar-treninglar o‘tkazildi. Mazkur o‘quv-seminarlari оliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar faoliyatini yanada jadallashtirish, ularning bugungi kunda dunyoda kechayotgan geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan seminar-treningda barcha oliy ta’lim muassasalari fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari, tyutorlari (ta’lim-tarbiya maslahatchilari) hamda ma’ruzachi-trenerlar ishtirok etdi. O‘quv-seminar va seminar-treninglar davomida oliy ta’lim tizimida talabalar turar joyi hamda ijaradagi xonadonlarda yashayotgan talabalar, talaba-qizlar, ko‘zi ojiz, nogironligi bo‘lgan va yetimlikda o‘sgan, shuningdek, tarbiyasida muammosi bo‘lgan talabalar bilan olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish masalalarini atroflicha muhokama qilib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish choralari ko‘rib chiqildi. Bugun, 15-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim muassasalarining  yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari uchun o‘quv-seminarining yakuniy qismi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi ma'naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig'i Otabek Bozorov, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, oliy ta’lim muassasalarining 100 ga yaqin fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari, tyutorlari (ta’lim-tarbiya maslahatchilari) hamda ma’ruzachi-trenerlar ishtirok etdi. Yig‘ilishni O‘zbekiston Milliy universitet rektori Inom Madjidov ochib berdi. 

- Bugungi kunda ilm-fan jadal taraqqiy etayotganligi tufayli turli fan sohalarida erishilgan yutuqlar tez yangilanib bormoqda, - deydi O‘zbekiston Milliy universitet rektori Inom Madjidov. - Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, yoshlarning intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, xalq manfaatlari uchun xizmat qilish tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida tarbiyalashga qaratilgan talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy ongini kuchaytirish davr ehtiyojidan kelib chiqmoqda. Bugungi kunda yoshlarning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi bizning oldimizda turgan eng dolzarb vazifalarimizdan biridir. Yosh avlod tarbiyasi o‘ta dolzarb masala bo‘lib, u ta’lim-tarbiyada uzviylik, qat’iylik va talabchanlik, ishlashning zamonaviy, ta’sirchan usul va vositalarini talab etadi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi B.Zaripovning“Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati, O‘zMU Etika va estetika kafedrasi mudiri, professor L.Muhammedjonovaningmamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar Uchinchi Renessansning muhim omili hamda davlat xizmatchisining axloqiy madaniyati va muomala odobi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti prorektori B.Xusanovning“Mahalla – oliy ta’lim muassasasi – oila” o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etish, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori S.Xudoyqulovlarningtyutorlik tizimining umumiy vazifalari va mas’uliyati to’g’risidagi ma’ruzalari tinglandi. Dastur doirasida Ijtimoiy fanlar fakulteti va Xorijiy filologiya fakultetlari misolida O‘zbekiston Milliy universitetining yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar faoliyati yaqindan tanishib chiqildi. Shundan so‘ng universitetning Axborot-resurs markazi, “Erkin Vohidov ilmiy-ma’rifiy markazi”, “Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston doimiy ekspozitsiyasi” muzeyi va “Akademik T.N.Dolimov nomidagi Geologiya” muzeylariga ekskursiya tashkil etildi. Shuningdek, universitet iqtidorli talaba-yoshlarining badiiy chiqishlari, xususan, “Kreativ” talabalar teatr studiyasi, “Shovvozlar” QVZ jamoasi hamda “Humo” badiiyhavaskorlik ansambli ishtirokida konsert dasturi  namoyish etildi.

O‘zMU Axborot xizmati