Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

OTMlarning o‘quv jarayonini Turizm va sport vazirligi faoliyati bilan integratsiyasi

2-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo'nalishi 3-4-kurs talabalariga Turizm va sport Vazirligining vakillari va turizm sohasining yetakchi mutaxassislari tomonidan master klass o‘tkazildi. Uchrashuv Iqtisodiyot fakulteti dyekani A.T. Umarov tomonidan kirish so‘zlari bilan ochib berildi.
Ushbu uchrashuvda Butunjahon turizm tashkiloti “Ipak yo'li” ofisi maslahatchisi i.f.n. Shuxrat Isakulov, alpinizm sport turi bo‘yicha sport ustasi, O‘zbekiston alpinizm sportining veterani I.U. Nazarov, tog‘ turizmi bo‘yicha sport ustasi, sport turizmi veterani B.G. Karopov, gid-ekskursovod A. Alyeksyeyeva, Turizm va sport Vazirligi boshqarmasi raisi o‘rinbosari G. Muminovlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida turizmning o‘ziga xos xususiyatlari va ijtimoiy mohiyati, turizmning turli yo'nalish va turlarini deversifikatsiya qilish, yoshlarni sayohatga rag‘batlantirish, turizmning ekstrimal, ekologik sport va tog‘ turizmi kabi turlarini rivojlantirish haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Talabalarda alpinizm sport turi bo‘yicha sport ustasi, O‘zbekiston alpinizm sportining veterani I.U. Nazarovning maʼruzasi katta qiziqish uyg‘otdi.
Talabalarga O‘zbekistondagi turistik marshrutlar, tog‘ turizmi haqida treninglar o‘tkazilishining zarurligi va yil mavsumlari davomida sayohat qilish uchun kerak bo‘luvchi jihozlar haqida qiziqarli maʼlumotlar taqdim etildi.
Tadbir so‘ngida talabalar yuqoridagi maʼlumotlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va tadbir tashkilotchilariga mazmunli suhbat uchun minnatdorchilik bildirishdi.

O’zMU Axborot xizmati