Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston FA tarmoq institutlari bilan o‘zaro hamkorlik

Bugun, 2021-yil 17-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti talabalari, magistrant va doktorantlari bilan uchrashuvga O‘zR FA akademigi Mirziyod Mirsaidovich Mirsaidov hamda M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti direktori Karim Sultonovich Sultonov tashrif buyurdilar.
Ilmiy maʼrifiy anjumanni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori X.X.Saburov ochib berib, so‘zni akademik M.Mirsaidovga berdi.
O‘zR FA M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti va Seysmologiya instituti matematika fakultetida mavjud “Mexanika va matematik modellashtirish”, “Matematik injiniring” bakalavriat taʼlim yo'nalishlari va “Mexanika va matematik modellashtirish” mutaxassisligi bo‘yicha buyurtmachi - ilmiy tadqiqot muassasasi deydi, akademik M.Mirsaidov.
O‘zbekiston FA M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti - mexanika muammolari, paxta terish mashinasi mexanikasi, bino va inshootlarning zilzilaga chidamliligi, muhitlar mexanikasi kabi masalalar bilan ilmiy izlanishlar olib borayotgan ilmiy tadqiqot instituti hisoblanadi.
So‘zni davom ettirgan holda, M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti direktori Karim Sultonovich Sultonov, taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti instituti bilan mexanika sohasida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha samarali hamkorlik o‘rnatilganligi, jumladan, institutga qarashli ilmiy laboratoriyalarda faoliyat ko‘rsatayotgan yetakchi ilmiy xodimlar o‘zaro hamkorlik asosida universitet o‘quv jarayoniga jalb qilinganligini taʼkidlab o‘tdi.
Ilmiy-maʼrifiy uchrashuv mehmonlari ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdilar. Anjuman so‘ngida ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori X.Saburov, fakultet professor-o‘qituvchilari M.Mirsaidov va K.Sultonovlarga tashrifi uchun minnatdorchilik bildirdilar.

O’zMU Axborot xizmati