Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekiston Milliy Universiteti yosh olimlari xalqaro reyting bo‘yicha top 500 talikka kirgan V.N.Karazin nomidagi Xarkov Milliy Universitetida malaka oshirdi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan stajirovka tanlovining g‘oliblari, 2021-yil sentyabr-dekabr oylarida Kimyo fakultetining yosh professor-o‘qituvchilaridan k.f.n. dotsent, Raxmonova Dilnoza Salomovna, PhD, dotsenti v.b., Torambetov Batirbay Smetovich, PhD, dotsent v.b. Todjiev Jamoliddin Nasiriddinovich va PhD dotsent, Ziyaev Dilshod Abdullaevichlar V.N.Karazin nomidagi Xarkov Milliy Universitetida malaka oshirishga bordilar.
Ma’lumot uchun, Xarkov Milliy Universiteti tashkil topganiga 218 yil to‘lgan bo‘lib, ingliz, rus va ukrain tillarida ta’lim beriladigan OTM hisoblanadi. Xarkov Milliy Universiteti dunyoga bir necha millionlab yetuk mutaxassislarni tayyorlab bergan, shuningdek, ta’lim muassasasida shu kungacha 3 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari ta’lim olishgan va faoliyat yuritgan.
Hozirgi kunda V.N.Karazin nomidagi Xarkov Milliy Universiteti dunyo ta’lim muassasalari o‘rtasida QS-reyting bo‘yicha 477-o‘rinni egallaydi va universitetda 26 000 dan ortiq talabalar tahsil olishmoqda. Shulardan, 4066 nafardan ortig‘i xorijiy talabalar hisoblanadi. Fakultet va o‘quv-ilmiy institutlar soni 23 ta, ta’lim yo‘nalishlari soni 115 ta, kafedralar soni 120ta, aspirant va doktorantlar soni 301 ta, Professorlar, fan doktorlari 438 ta, dotsent, fan nomzodlari 1274 ta, akademiklar 30 tani tashkil qiladi. Ta'lim shakllari sirtqi, kunduzgi va masofaviy shaklarda olib boriladi.
Yosh olimlar Xarkov Milliy Universitetida o‘rgangan tajribalari va olib borgan ilmiy ishlari to‘g‘risida Kimyo fakultetining kengaytirilgan yig‘ilishida hisobot berib, O‘zbekiston Milliy universiteti Axborot xizmatiga qisqacha ma’lumot berdilar.
Stajirovka boshida dastlab bir qator zamonaviy laboratoriya asbob uskunalari bilan ishlash ko‘nikmalarini orttirishdan boshlandi. Zamonaviy laborotoriya asboblaridan rentgen struktur, rentgen fluoressent, IQ va xromatomas spektroskopiya, gaz xromatografiyasi va boshqa asboblarida ishlab va zamonaviy kvant-kimyoviy hisoblash usullarini o‘rganib kelishdi, shuningdek, Kimyo fakultetining 8-qavatida joylashgan shishasozlik xonasi bilan ham tanishishdi.
“Kelajakdagi mustahkam hamkorlik aloqalarini davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Milliy Universitetiva Xarkov Milliy Universiteti o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma tuzildi, birgalikda ilmiy maqolalar yozish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy loyihalar tayyorlash, hamkorlikda qo‘shma fakultet dasturi yuzasidan yangi yo‘nalishlar ochish va bosha hamkorlik ishlari muhokama qilinib, ikki universitetning rektorlari tomonidan shartnoma imzolandi”, –  deydi Phd, dotsent, v.b. Jamoliddin Todjiev
Stajirovka davomida O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakultetida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha Xarkov Milliy Universiteti Kimyo fakultetining “Noorganik kimyo” va “Kimyoviy metrologiya” kafedralarining ilmiy xodimlariga k.f.n. dotsent, Raxmonova Dilnoza Salomovna “Введение в координационную химию. Номенклатура комплексных соединений” mavzusida, PhD, dosenti v.b., Torambetov Batirbay Smetovich “Введение в предмет Кристаллохимия” mavzusida, PhD, dosent v.b. Todjiev Jamoliddin Nasiriddinovichmavzusida va PhD dosent, Ziyaev Dilshod Abdullaevich “Полярография” mavzularida “Ochiq ma’ruza” darslarini o‘tib, ma’ruza o‘tganligi to‘g‘risida sertifikat oldilar.

O‘zMU Axborot xizmati