Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekiston Milliy universitetida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 12-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi harbiy xizmatchilari, ofitser-serjantlar hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbirni universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Toshmatov kirish soʻzi bilan ochib, muhtaram Prezidentimiz – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini taʼminlash, xalqimizning osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir boʻlgan milliy armiyani shakllantirish, Qurolli Kuchlarni tezkor boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, umuman, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirilayotganligini alohida taʼkidladi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi boshlig‘i, podpolkovnik K.Xaydarov so‘zga chiqib, vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdek mashaqqatli hamda sharafli yo‘lda fidokorona mehnat faoliyatini olib borayotgan barcha harbiy xizmatchilar hamda universitet professor-o‘qituvchilarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati hamda universitet Kasaba uyushmasi tomonidan bir guruh harbiy xizmatchilar hamda universitet xodimlariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zMU Axborot xizmati