Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekiston Milliy universitetning navbatdagi Kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Kengash kun tartibida kafedra professori lavozimiga tanlov masalasi ko‘rib chiqildi.

Universitet fakultetlari kafedralarida faoliyat olib borayotgan va tanlovga ariza topshirgan 108 nafar nomzodlarni kafedra professori lavozimiga tanlovdan o‘tkazish jarayoni Universitet Kengashida yopiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Milliy universiteti Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asoslanib 85 ta kafedra bo‘yicha professor lavozimiga 109 nafar, dotsent lavozimiga 245 nafar, katta o‘qituvchi lavozimiga 329 nafar, o‘qituvchi lavozimiga 256 nafar, stajyor-o‘qituvchi lavozimiga 185 nafar, jami 1124 o‘ringa tanlov e’lon qilgan.