Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – tinchlik va osoyishtalik posboni

Joriy yilning 13-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil qilinganining 30 yilligi hamda 14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – tinchlik va osoyishtalik posboni” mavzuida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur onlayn uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor J.Muhammadiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Onlayn uchrashuvda O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazidan taklif etilgan mehmonlar, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi masʼullari, dekan o’rinbosarlari, tarbiyachi pedagoglar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Qodirov Otabek Maxammadjanovich tomonidan Vatanni qo‘riqlash – har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi hamda O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Axatov Samariddin Aliqulovich tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – tinchlik va osoyishtalik posboni” mavzularida ma’ruza va tabriklar o‘qib eshittirildi.

O’zMU Axborot xizmati