Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekiston va AQSH: geologiya, ekologiya va biologiya sohalardagi istiqbolli hamkorlik

O’zbekiston Milliy universitetiga AQShning Vayoming universitetining Global hamkorlik bo’yicha prorektori Aysidor Helfgott xonim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida geologiya, ekologiya va biologiya sohalari bo’yicha hamkorlikda ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish xususida fikrlar almashinildi. Uchrashuvdan so’ng mehmonlar universitetning Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti, Geografiya va tabiiy resusrlar fakulteti faoliyati va muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zMU Axborot xizmati