Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar: zamonaviy yondashuvlar va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston Milliy universiteti “Amaliy etnologiya” laboratoriyasi hamda “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik” ilmiy markazi tomonidan tomonidan “O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar: zamonaviy yondashuvlar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida nufuzli xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Unda qo‘shni davlatlardan va yurtimizdagi nufuzli ilmiy dargohlarning tarixchi olimlari, tadqiqotchilari, talabalari va hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdi.