Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘ZMU IJTIMOIY FANLAR FAKULTETIDA TYUTORLIK TIZIMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YIChA SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-5847-sonli Farmoniga muvofiq, Ijtimoiy fanlar fakultetida “Tyutorlik tizimini rivojlantirish, amalga oshirilgan ishlar mexanizm, amaliyot, natijalar yuzasida O‘zbekiston Milliy universitetining barcha fakultet tyutorlari uchun seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-trening birinchi ish kunida fakultet dekani Komiljon Inakov ochib berdi. Seminar-treningda universitet Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i Botir Mallaboyev o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etdi.
Seminar quyidagi 5 ta shoʼbalarda o’z ishini olib bordi:

  1. “Tyutorlik maktabi” tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va mexanizm-amaliyot-natijalar;
  2. Iqtidorli va imkoniyati cheklangan talabalarni aniqlash, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etish, erishgan yutuqlari yuzasidan ularni eʼtirof etish va ular bilan samarali ishlarni tashkil etish;
  3. Talabalar turar joyi bilan ishlash;
  4. Talabalaning Ijtimoiy (psixologik) portretini yaratish;
  5. Ijarada turadigan talabalarning ijtimoiy ahvolini o‘rganish.
    Seminar-trening yakunida ishtirokchilar Ijtimoiy fanlar fakultetining tyutorlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

O‘zMU Axborot xizmati