Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zMU Taekvondo va sport faoliyati fakulteti delegatsiyasi Qozog’istonda

O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti delegatsiyasi akademik harakatchanlik va tajriba almashish dasturini amalga oshirish maqsadida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Taekvondo va sport faoliyati fakulteti dekani V.Rahimov, "Taekvondo va sport faoliyati" kafedrasi mudiri I.Aliyev va o‘qituvchi K.Arziboyev TOEFL markazi, Parasat kompliyans xizmati, “Muxtartanu” ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda universitet muzeyiga tashrif buyurishdi.

O’zMU Axborot xizmati