O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari mamlakatimizning sun’iy intellekt sohasidagi eng yirik tanlovlaridan birida yuqori natija qayd etdilar. Joriy yilning 2-may kuni «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida «Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» loyihasi doirasida tashkil etilgan «Milliy tanlov» g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tanlovda O‘zMU Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetining 2-kurs talabalari — Sabrina Shodiyorova hamda Dilnoza Qobilova muvaffaqiyatli ishtirok etib, «Eng faol ishtirokchi» nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritdilar.


Taqdirlash marosimida universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yoqub Ergashov ishtirok etib, yosh tadqiqotchilarning ushbu muvaffaqiyati bilan qutladi.Universitet jamoasi ushbu zafar bilan talabalarimizni muborakbod etib, ularning kelgusi innovasion loyihalarida ulkan zafarlar tilaydi.