Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zMU talabasi «Inson huquqlari bo`yicha eng yaxshi maqola» yo’nalishi g’olibi

"Raqamli avlod. Covid-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari bo`yicha ta'lim" mavzusidagi respublika tanlovida O`zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Milliy g`oya. Ma'naviyat asoslari  va huquq ta'limi” yo`nalishi
3-bosqich talabasi Asadbek Zairov "Inson huquqlari bo`yicha eng yaxshi maqola" yo'nalishida Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazining diplomi bilan taqdirlandi. Talabamizning yutuqlari bilan tabriklaymiz va keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

O’zMU Axborot xizmati