Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMU va Malayziya Terengganu universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

Bugun, 11-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy universiteti va Malayziya Terengganu universiteti (UMT) o‘rtasida hamkorlikka oid onlayn anglashuv memorandumi imzolandi. Endilikda ikkala universitet barcha yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini olib boradilar. Uchrashuvda hamkorlikni talabalar mobilligi dasturlaridan boshlashga kelishib olindi. Tadbir yakunida hamkorlikda amalga oshirish uchun kelgusi qadamlar va mexanizmlarni muhokama qilish maqsadida ekspert darajasidagi muzokaralarni davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, Malayziyaning Terenganu universiteti Malayziyada 25-oʻrinni va QS WUR reytingida 351-400 o‘rinlarda turadi.

O‘zMU Axborot xizmati