Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMU yosh olimi Vena universitetida

Hozirgi kunda Vena universiteti dunyo ta’lim muassasalari o‘rtasida 137-o‘rinni egallaydi va universitetda  90 000 ortiq talabalar tahsil olishmoqda. Shulardan, 80 000 nafardan ortig‘i xorijiy talabalar hisoblanadi.

Ayni kunlarda ushbu universitetda Innavatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan stajirovka tanlovi g‘oliblari ham bilim olmoqda. Xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti “Polimerlar kimyosi” kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori Davronbek Bekchanov shular sirasidandir.  

Yosh olim o‘zining tajribasi, yangi muhit haqida O‘zbekiston Milliy universiteti Axborot xizmatiga ma’lumot berdi:

  • Amaliyot boshida dastlab bir qator zamonaviy laboratoriya asbob uskunalari bilan ishlash ko‘nikmalarini orttirishdan boshlandi. Zamonaviy laborotoriya  uskunalarida ishlash davomida respublikamiz mahalliy xom ashyolari asosida olingan ionalmashinuvchi materiallarni tadqiq etdik, buning natijasida 50 dan ortiq namunalarning fizik-kimyoviy xossalari usullari yordamida o‘rganildi, — deydi yosh olim Davronbek Bekchanov.

Ma’lumot uchun, bu yo‘nalishda O‘zbekiston Milliy universiteti “Polimerlar kimyosi” kafedrasi va Vena universiteti “Fizik-kimyo” kafedrasi bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarni olib borish bo‘yicha kelishuv mavjud.  

Amaliyot davomida O‘zbekiston Milliy universiteti “Polimerlar kimyosi” kafedrasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha Vena universiteti “Fizik-kimyo” kafedrasi ilmiy xodimlari uchun “Polivinilxlorid asosida ionalmashinuvchi materiallar olinishi, fizik-kimyoviy xossalari va maliyotda qo‘llanishi” mavzusida ilmiy seminarlar tashkil qilinib, amaliyotchi tomonidan mavzu bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi.  

Ta’kidlash joizki, Avstriyaning Vena universiteti tashkil topganiga 655 yil to‘lgan bo‘lib, nemis tilidan dars olib boriladigan Yevropaning eng keksa dargohi hisoblanadi. Vena universitetit dunyoga bir necha o‘nlab ilm daholarini tarbiyalab bergan ta’lim muassasasida shu kungacha 9 nafar Nobel  mukofoti sovrindorlari ta’lim olishgan va faoliyat yuritgan.

O‘zMU Axborot xizmati