Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O`zMUda navbatdagi Ilmiy Kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi

O’zbekiston Milliy universitetida Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig‘ilishni universitet rektori professor Inom Madjidov ochib berdi.

Yig‘ilish davomida universitet rektori Inom Madjidov Ilmiy Kengash a’zolariga sohadagi muammo va kamchiliklarga to‘xtalib o‘tdi. Bu borada har bir mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.


Ilmiy Kengash kun tartibida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bergan topshirig‘iga muvofiq, universitetda talabalar bandligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida;
  • Universitet talabalarining to‘lov kontrakt shartnomalari bo‘yicha mavjud qarzdorliklar holati va ularni bartaraf etish choralari xususida;
  • Universitet xalqaro reytingini oshirishda amalga oshirilgan ishlar: muammolar va istiqboldagi rejalar;
  • Universitetda bakalavriat taʼlim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida 2021-2022 o‘quv yili qishki sessiya natijalari xususida;
  • Universitet Qabul komissiyasining 2021/2022 o‘quv yili bo‘yicha hisoboti;
  • Ilmiy unvonlarga tanlov;
  • ”Scopus” bazasida indeksatsiya qilingan jurnallarda nashr qilingan maqolalar mualliflarini rag‘batlantirish xususida;
  • Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni nashrga tavsiya etish.

O’zMU Axborot xizmati