Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMUda “Shunqorlar” harbiy sport musobaqasining «Rektor kubogi» o‘tkazildi

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi, universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqa 6 ta shart asosida bo‘lib o‘tdi.

Unda barcha fakultetlar, shuningdek, universitetga biriktirilgan Olmazor tumanidagi “Hislat” mahallasida istiqomat qiluvchi ko‘ngilli yoshlardan tashkil topgan 16 ta jamoa ham ishtirok etdi.

Musobaqada universitet talabalari bilan birga ko‘ngilli yoshlarning ham qatnashishi mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish yo‘lida olib borilgan islohotlarning amaliy ifodasidir.