PeopleHive tashkiloti
PEOPLEHIVE (AQSH) TASHKILOTI BILAN XALQARO HAMKORLIK
2021 yilning 30 iyun kuni PeopleHive (AQSH) tashkilotining ijrochi direktori Pavan Abraham (Pavan Abraham) boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani O‘zMU Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Rahima Shirinova va Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi vakillari kutib olishdi.
Ushbu tashrifning asosiy maqsadi chet ellik fuqarolarni universitetga o‘qish uchun jalb qilish, talabalar va magistrantlarning akademik mobilligini tashkil qilish uchun Hindiston va Yevropaning universitetlari bilan aloqalarni o‘rnatishda ko‘maklashish, chet elning yetakchi universitetlari bilan tibbiyot, biznes, axborot texnologiyalari va muhandislik sohalarida qo‘shma ta’lim dasturlarini ochishdan iborat.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli faoliyat sohalarida hamkorlik qilish kelishuviga erishildi.