Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Pittsburg  universiteti

OʻzMU olimlari xalqaro konferensiyada ma’ruza oʻqidi

          2023-yilli 19-23 oktabr kunlari Markaziy YevroOsiyo tadqiqotlari jamiyati CESS (AQSh) ning  an’anaviy konferensiyasi  AQSh Universitetlar ligasiga kiruvchi Pittsburg  universitetida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyada 300 ga yaqin Markaziy YevroOsiyo bo‘yicha mutaxassis olimlar va ekspertlar qatnashib dolzarb mavzular bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etildi.

OʻzMU Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va mantiq” kafedrasidan falsafa fanlari doktori, professor Shaxnoza Madayeva “O‘zbek identikligi tarixida xanafiya va tasavvuf o‘zaro aloqadorlik mexanizmlarining o‘rni” va falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xurshid Toshov “O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kutubxonalar ularning ijtimoiylashuv omili sifatida” mavzusida taqdimot qilishdi.