Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Qirg'iz – O'zbek Xalqaro Universiteti

O'zMUning xorijiy OTMlar bilan talabalar akademik almashinuv doirasida aloqalarni rivojlantirish borasida Xorijiy talabalar bilan ishlash boʼlimi tomonidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, 2022 yilning aprel oyida Qirgʼiziston Respublikasining Qirgʼiz-Oʼzbek Xalqaro universiteti 13 nafar talabalari OʼzMUning Xorijiy filologiya, Аmaliy va matematika va intellektual texnologiyalar, Kimyo, Biologiya, Iqtisodiyot, Fizika, Taekvondo va sport faoliyati fakultetlarida stajirovka oʼtashdi.

 Stajirovka davomida, oʼquv mashgʼulotlaridan tashqari, QOʼXU talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Toshkent shahrining tarixiy va madaniy obidalariga sayyoxat qilishdi. Mazkur stajirovka yakuni boʼyicha mazkur talabalarga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.