Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Qirg'iziston davlat tibbiyot akademiyasi

Xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va fan sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash hamda universitetning milliy va xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish maqsadida 2023- yilning 6-dekabr kuni  Ijtimoiy fanlar fakulteti “Etika va estetika” kafedrasi tashabbusi bilan  Qirg'iziston davlat tibbiyot akademiyasining dotsenti Kudaybergenova Tamara Asanovnaning “Исследовательская этика и этическая экспертиза” mavzusida onlayn ma’ruzasi tashkil etildi.

Ma’ruzada Ijtimoiy fanlar fakulteti Etika va estetika kafedrasining bir qator professor-o'qituvchilari va Falsafa (sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxasisligi 1-kurs talabalari qatnashdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.